add

Yil boshidan beri chakana savdo tovar aylanmasi qariyb 403 trln so‘mga yetdi

Bugun 10:50751 daqiqa

O‘zbekistonda chakana savdo sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar va ularning tovar aylanmasi haqida ma’lumot berildi.

Yil boshidan beri chakana savdo tovar aylanmasi qariyb 403 trln so‘mga yetdi

2025 yil 1-dekabr holatida O‘zbekistonda chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 86 197 taga yetdi. Shundan faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 344 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 85 853 tani tashkil etdi.

Qayd etilishicha, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida respublikaning chakana savdo tovar aylanmasi 402 trln 952,4 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024 yilning shu davriga nisbatan 11 foizga o‘sdi.

Jumladan, yirik korxonalarning savdo tovar aylanmasi 72 trln 617,9 mlrd so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining tovar aylanmasi esa 330 trln 334,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, bu davrda hududlar kesimida eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida kuzatilib, 114,7 foizni tashkil etdi. Shu jumladan, Namanganda o‘sish sur’ati 110,8 foiz, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 110,5 foizdan qayd etildi. Navoiyda 110,4 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatlarida 110,1 foiz, Surxondaryoda esa 110 foiz o‘sish kuzatildi.

Bundan tashqari, Samarqandda chakana savdo aylanmasi 109,4 foizga, Xorazmda 109,2 foizga oshdi. Buxoroda o‘sish 108,8 foizni, Jizzaxda 108,6 foizni, Andijonda 108,4 foizni, Qashqadaryoda esa 108,2 foizni tashkil etdi.

Teglar

Mavzuga oid