add

Eng katta pasayish davlat banklarida: yil oxiriga kelib muammoli kreditlar kamaymoqda

Bugun 14:152221 daqiqa

Noyabr oyida banklardagi qaytarilmayotgan kreditlar 1,8 trln so‘mga kamaydi. Deyarli barcha davlat banklarida bu ko‘rsatkich pasaymoqda.

Eng katta pasayish davlat banklarida: yil oxiriga kelib muammoli kreditlar kamaymoqda

2025 yilning 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston banklaridagi muammoli kreditlar (NPL) miqdori 20,5 trln so‘mni tashkil qildi. Noyabr oyida banklardagi qaytarilmayotgan kreditlar 1,8 trln so‘mga kamaydi. Bu 2025 yil hisobidan eng katta pasayish bo‘ldi.

Davlat banklarida NPL miqdori eng ko‘p kamaydi — 1,3 tlrn so‘mga. Xususiy banklarda pasayish 568 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat banklari orasida faqat “Aloqabank”da noyabr oyida NPL miqdori ko‘paydi.

Muammoli kreditlari eng ko‘p kamaygan bank “Milliy bank” bo‘ldi. O‘tgan oy bankda NPL ko‘rsatkichi 824,6 mlrd so‘mga qisqardi. Bu borada keyingi o‘rinda 485,1 mlrd so‘m bilan “Ipoteka bank” bormoqda.

Qaytarilmayotgan kreditlarning jami kreditlardagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich “Poytaxtbank”da — 18 foiz. Keying o‘rinlarda “Avo bank” (8,8 foiz), “Garant bank” (8,4 foiz) va “Soderat bank” (7 foiz) bormoqda.

Bu borada banklar bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich noyabr oyida 3,8 foizdan 3,45 foizgacha pasaydi. Bu ko‘rsatkich yil boshida 4 foizdan yuqori edi.

Ayni paytda muammo kreditlari eng ko‘p banklar:

“Milliy bank” — 4,36 trln so‘m;

“Agrobank” — 2,9 trln so‘m;

“Ipoteka bank” — 2,2 trln so‘m;

SQB — 2,2 trln so‘m.

Avvalroq Fitch O‘zbekiston banklarida muammoli kreditlar 2026 yilda keskin o‘sishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.

Teglar

Mavzuga oid