add

Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

Bugun 13:151831 daqiqa

25-dekabrdan Yangi yil tadbirlari munosabati bilan Sergeli va Bektemirda transport harakati vaqtincha cheklanmoqda.

Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahrida yangi yil bayram tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi. Cheklovlar 2025 yil 25-dekabrdan 2026 yil 10-yanvargacha amal qiladi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda ommaviy tadbirlarni sifatli tashkil etishga qaratilgan.

Xususan, Toshkent shahrining Sergeli tumanida 25-dekabrdan boshlab tun-u kun faoliyat yuritadigan gastronomik turizm ko‘chasida yangi yil tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan qator ko‘chalarda harakatga vaqtincha cheklov kiritiladi.

Ma’lum qilinishicha, So‘g‘diyona ko‘chasining Yangi Sergeli ko‘chasi kesishmasidan Jaloyir va Bag‘rikeng ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi, shuningdek, Jaloyir ko‘chasining So‘g‘diyona ko‘chasi kesishmasidan Obihayot ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismida avtomobillar harakati cheklanadi. Ushbu cheklovlar bayram davomida aholi va mehmonlar oqimi keskin oshishi bilan bog‘liq.

Shu bilan birga, Bektemir tumanida ham ayrim yo‘l uchastkalarida harakat vaqtincha to‘xtatiladi.

Xususan, Chirchiqbo‘yi ko‘chasining ma’lum qismida joylashgan Coca-Cola Garden bog‘ida o‘tkaziladigan bayram tadbirlari sababli avtotransport harakati cheklanishi ma’lum qilindi.

Shahar hokimiyati va mas’ul idoralar haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish, harakatni oldindan rejalashtirish hamda yo‘l belgilariga qat’iy amal qilishni tavsiya etmoqda. Cheklovlar bayram tadbirlari yakunlangandan so‘ng bekor qilinishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid