add

O‘zbekistonda ulgurji savdo tovar aylanmasi 443,4 trln so‘mdan oshdi

Bugun 10:32771 daqiqa

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida mamlakatda ulgurji savdo tovar aylanmasi 2024 yilning shu davriga nisbatan 12,8 foizga o‘sdi.

O‘zbekistonda ulgurji savdo tovar aylanmasi 443,4 trln so‘mdan oshdi

2025 yil 1-dekabr holatida O‘zbekistonda ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 51 497 taga yetdi. Shundan yirik korxonalar soni 363 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 51 134 tani tashkil etdi.

Qayd etilishicha, mamlakatda 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 443 trln 425,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 12,8 foizga o‘sdi.

Jumladan, yirik korxonalarning ulgurji savdo tovar aylanmasi 123 trln 213 mlrd so‘mni tashkil etdi. Kichik biznes subektlarining tovar aylanmasi esa 320 trln 212,9 mlrd so‘mga yetdi. Respublikada jami ulgurji savdo hajmida kichik biznes subektlarining ulushi 72,2 foiz bo‘ldi.

Shuningdek, bu davrda hududlar kesimida ulgurji savdo hajmining o‘sish sur’atlari quyidagicha shakllandi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 106,4 foiz;

Andijon viloyatida – 108,4 foiz;

Buxoro viloyatida – 113,4 foiz;

Jizzax viloyatida – 105,8 foiz;

Qashqadaryo viloyatida – 108,6 foiz;

Navoiy viloyatida – 109,2 foiz;

Namangan viloyatida – 113,4 foiz;

Samarqand viloyatida – 114,8 foiz;

Surxondaryo viloyatida – 109,6 foiz;

Sirdaryo viloyatida – 112,5 foiz;

Toshkent viloyatida – 112,9 foiz;

Farg‘ona viloyatida – 113,1 foiz;

Xorazm viloyatida – 107,0 foiz;

Toshkent shahrida – 113,2 foiz.

Teglar

Mavzuga oid