
Hakerlar Trampga aloqador 100 GB elektron xatlarni e’lon qilish bilan tahdid qilmoqda
01.07.2025 | 13:209493
Eron bilan bog‘liq deb taxmin qilinayotgan hakerlar Donald Tramp atrofidagi shaxslarning elektron ma’lumotlarini oshkor etish niyatida.
Eronga aloqador deb hisoblanayotgan hakerlar AQSH sobiq prezidenti Donald Trampga yaqin shaxslarning elektron xatlari va shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda «Reyter» agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xakerlar Oq uy apparati rahbari Syuzan Uayls, Trampning advokati Lindsi Halligan, maslahatchisi Rojer Stoun va aktrisa Stormi Deniyelsning shaxsiy akkauntlarini buzgan. Ular 100 gigabaytga yaqin elektron xatlar va maktublarni o‘g‘irlab, internetda chop etish niyatida ekanini ma’lum qilgan.
Hakerlar kelgusida yana ko‘proq ma’lumotlarni oshkor etish mumkinligini aytgan, biroq hozircha qanday ma’lumotlar borligi haqida tafsilot bermagan. Agentlik xabariga ko‘ra, ushbu materiallar sotilishi mumkinligi ham bildirilgan.
May oyida «Wall Street Journal» manbalarga tayanib, Oq uydan ma’lumot sizdirilgani haqida yozgandi. Bu galgi hakerlik hujumida Syuzan Uaylsning shaxsiy akkauntlari orqali Kongress a’zolari va yirik korporatsiya rahbarlari bilan aloqaga chiqilgani ma’lum qilingan.
Ayni paytda hakerlar avval ham Trampning saylov kampaniyasida ishtirok etgan shaxslarga kiber hujumlar uyushtirgan. Jumladan, o‘tgan yili Eron agentlari vitse-prezident Jey Di Vensning elektron manzilini buzgani ma’lum qilingan.





