
Husanovning poyqadami qutlug‘ keldi: o‘zbek futbolining uch iste’dodi Angliyaga ketdi
«Paxtakor» va «Surxon» klublari safida to‘p surayotgan iqtidorli yosh futbolchilar Angliyadagi «Kuinz Park Reynjers» klubi yig‘inida ishtirok etish uchun Londonga ketdi.

Uch futbolchi — Saidumarxon Saidnurullayev, Behruz Karimov hamda Behruz Shukurullayev Londonga uchib ketgan va ikki hafta mobaynida KPR jamoasining yig‘inlarida qatnashadi, deb yozmoqda Championat.asia nashri.
1882 yilda tashkil topgan ushbu jamoa Angliyaning Chempionship divizionida qatnashadi. Yig‘in professional murabbiylar rahbarligida o‘tadi va yosh futbolchilar uchun o‘zini ko‘rsatish imkonini beradi.
Saidnurullayev (2005) — «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi, Shukurullayev (2006) va Karimov (2007) — «Odil Ahmedov» akademiyasini bitirishgan va ayni paytda «Surxon» safida o‘ynashmoqda.





