Ispaniya — ikki karra jahon chempioni
«Qizil furiya» amaldagi chempion Argentinaga qarshi bahsda total ustunlikka erishib, qo‘shimcha bo‘limlarda g‘alaba to‘pini kiritdi.

23-bor o‘tkazilgan Jahon chempionati yakuniga yetdi.
Finalda Ispaniya amaldagi chempion Argentinaga qarshi bahs yuritib, total ustunlikka erishdi va 106-daqiqada 20-zarbasini golga aylantirib, g‘alaba qozondi. Ferran Torres bellashuvdagi yagona to‘pni kiritdi.
E’tiborlisi, Argentina butun o‘yinni himoyada o‘tkazdi va deyarli 115 daqiqa davomida umuman zarba berolmadi.
Shu tariqa «qizil furiya» o‘z tarixida ikkinchi bor dunyoning tengsiz jamoasiga aylandi. Birinchi chempionlik 2010 yilda qayd etilgandi.
JCH-2026. Final
Ispaniya — Argentina 1:0
19-iyul, Nyu-Jersi. «Metlayf Stedium»
Gol: Torres (106).
Ispaniya — Simon, Porro, Kubarsi, Laport (Garsiya, 99), Kukurelya, Rodri (Subimendi, 99), Ruis (Pedri, 62), Olmo (Merino, 75), Baena (Uilyams, 75), Yamal, Oyarsabal (Torres, 62).
Argentina — Emiliano Martines, Montiel (Molina, 58), Romero (Medina, 70), Lisandro Martines (Otamendi, 44), Talyafiko, de Paul (Simeone, 70), Mak Allister, Fernandes, Gonsales (Paredes, 46), Messi, Alvares (Senesi, 102).
Ogohlantirishlar: Lisandro Martines (41), Paredes (52), Fernandes (82), Mak Allister (111).
Chetlatishlar: Fernandes (90+3), Paredes (120+6).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





