JCH-2026. 10 ta gol urilgan «ochiq eshiklar kuni»da Angliya Fransiyani mag‘lub etib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Bronza uchun o‘yin «karnaval»ga aylanib ketdi. Saka het-trik, Mbappe esa dubl qayd etdi. Fransuzlar hujumchisi mundiallardagi gollarini 22 taga yetkazib, rekordchiga aylandi.

2026 yilgi Jahon chempionatida 3-o‘rin uchun kechgan bahs gollar shousiga aylanib ketdi.
Angliyaning birinchi bo‘limda urgan 4 ta goliga Fransiya ikkinchi bo‘limda 3 bor javob berib, intrigani qaytardi. Yakunda esa har ikki jamoa yana to‘p kiritib, umumiy gollar sonini ikki xonali raqamga aylantirishdi. Bellashuvda Saka het-trikka, Mbappe dublga erishdi.
Shu tariqa Angliya o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Fransiya esa Deshamning milliy jamoadagi so‘nggi o‘yinida yutqazib, medalsiz qoldi.
Fransuzlar yetakchisi Mbappe mundiallardagi gollarini 22 taga yetkazib, Messini (21) ortda qoldirgan holda mutlaq rekordchiga aylandi.
19-iyul kungi finalda Argentina va Ispaniya jahon chempionligi uchun maydonga tushishadi.
JCH-2026. 3-o‘rin uchun bahs
Fransiya — Angliya 4:6
18-iyul. Mayami
Gollar: Mbappe (48, 66), Barkolya (54), Dembele (90+6) — Rays (3), Konsa (18), Saka (37, 45+1, 87 penalti), Bellinghem (90+8).
Fransiya — Menyan, Gyusto (Kunde, 90+1), Konate (Upamekano, 46), Lakrua, Ernandes (Din, 46), Rabio, Zair-Emeri, Due (Barkolya, 46), Sherki (Dembele, 46), Olise, Mbappe.
Angliya — Henderson, Kvansa (Jeyms, 83), Konsa, Gehi (Chaloba, 90+3), Spens, Rays, Eze (Bellinghem, 79), Saka, Reshford (Uotkins, 46), Rojers, Touni (Anderson, 79).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.




