Logo

JCH-2026. Argentina kamchilikda qolgan Shveysariyani qo‘shimcha bo‘limlarda mag‘lub etib, yarimfinalga chiqdi

Bugun 08:451 daqiqa

Amaldagi chempion final yo‘llanmasi uchun Angliyaga qarshi maydonga tushadi.

JCH-2026. Argentina kamchilikda qolgan Shveysariyani qo‘shimcha bo‘limlarda mag‘lub etib, yarimfinalga chiqdi

Jahon chempionatida chorakfinal bosqichi yakuniga yetdi.

So‘nggi juftlikda amaldagi chempion Argentina Shveysariya bilan to‘qnash kelib, qo‘shimcha bo‘limlarda Alvares va Martinesning gollari evaziga g‘alabani ilib ketdi.

E’tiborlisi, yevropaliklar 72-daqiqadan boshlab kamchilikda harakat qilishdi — Embolo qo‘pollik va simulyatsiya uchun sariq kartochkalar oldi.

Argentina final yo‘llanmasi uchun 15-iyul kuni Angliya bilan o‘ynaydi. Birinchi yarimfinalda esa 14-iyul sanasida Fransiya va Ispaniya o‘zaro to‘qnash keladi.

Shu tariqa turnir tarixida ilk bor yarimfinalga FIFA reytingida dastlabki 4 o‘rinni egallab turgan eng kuchli jamoalar yetib kelishdi.

JCH-2026. 1/4 final
Argentina — Shveysariya 3:1

11-iyul, Kanzas
Gollar: Mak Allister (10), Alvares (112), Lautaro Martines (120+1) — Ndoye (67).
Argentina — Emiliano Martines, Molina (Montiel, 85), Romero (Otamendi, 106), Lisandro Martines, Talyafiko (Gonsales, 78), Paredes (Lopes, 110), De Paul (Lautaro Martines, 85), Fernandes (Almada, 91), Mak Allister, Messi, Alvares.
Shveysariya — Kobel, Zakariyo (Yashari, 96), Elvedi, Akanji, Rodriges (Jo‘mart, 90+5), Froyler (Vargas, 115), Jaka, Sou (Vidmer, 86), Rider (Muheym, 86), Ndoye (Amduni, 86), Embolo.
Ogohlantirishlar: Embolo (44), Almada (97), Lautaro Martines (98), Lopes (114).
Chetlatish: Embolo (72).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Mavzuga oid