JCH-2026. Argentina Misrga qarshi dramatik bahsda superkambek amalga oshirib, chorakfinalga chiqdi
79-daqiqagacha ikki to‘p farqi bilan yutqazib turgan amaldagi chempionlar yakunda 0:2 hisobini 3:2 ga aylantirishdi.

Jahon chempionatida yana bir dramatik o‘yin bo‘lib o‘tdi.
1/8 final doirasida Argentina Misrga qarshi maydonga tushib, 79-daqiqagacha 0:2 hisobida ortda bordi va yakunda 3 ta gol urib, irodali g‘alabaga erishdi.
«Albiseleste» yetakchisi Messi gol va assistni o‘z hisobiga yozdprib qo‘ydi, penaltidan foydalana olmadi.
Amaldagi jahon chempionlari chorakfinalda Shveysariya — Kolumbiya juftligiga qarshi o‘ynashadi.
JCH-2026. 1/8 final
Argentina — Misr 3:2
7-iyul. Atlanta. «Mersedes Bens Arena»
Gollar: Romero (79), Messi (83), Fernandes (90+3) — Ibrohim (15), Ziko (67).
Foydalanilmagan penalti: Messi (21).
Argentina — Emiliano Martines, Molina (Montiel, 73), Lisandro Martines, Romero (Otamendi, 90+5), Talyafiko (Gonsales, 66), Paredes, De Paul (Lautaro Martines, 66), Mak Allister, Fernandes, Messi, Alvares (Medina, 90+5).
Misr — Shobeyr, Hani, Ibrohim, Rabia, Hofiz, Hasan (Trezege, 73), Lashin (Zizo, 90+6), Attia, Ashur (Fathi, 46), Saloh, Ziko (Marmush, 80).
Ogohlantirishlar: Shobeyr (90+3), Fathi (90+4), Attia (90+8)

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





