JCH-2026. Bellinghemning dubli Angliyaga irodali g‘alaba va yarimfinal yo‘llanmasini keltirdi
Inglizlar Norvegiyani qo‘shimcha bo‘limlarda mag‘lub etishdi.

Jahon chempionatining uchinchich chorakfinali bo‘lib o‘tdi.
Angliya va Norvegiya o‘rtasida 120 daqiqadan ko‘proq vaqt davom etgan bahsda Tuxel jamoasi Bellinghemning dubli evaziga irodali g‘alabaga erishdi.
Inglizlar 15-iyul kungi yarimfinalda Argentina — Shveysariya juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
JCH-2026. 1/4 final
Norvegiya — Angliya 1:2
11-iyul, Mayami
Gollar: Shelderup (36) — Bellinnhem (45+2, 93).
Norvegiya — Nyuland, Ryuerson (Eursnes, 60), Ayer, Heggem (Ostigor, 91), Volfe (Pedersen, 90), Berge, Berg, Edegor, Syorlot (Bobb, 68), Shelderup (Nusa, 68), Holand (Larsen, 106).
Angliya — Pikford, Konsa (Rojers, 89), Stounz, Gehi, O'Rayli (Spens, 86), Rays (Eze, 46), Anderson, Bellinghem (Bern, 111), Madueke (Eze, 46), Gordon (Jeyms, 71), Keyn.
Ogohlantirish: Ayer (117).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





