JCH-2026. Ispaniya Belgiyani ortda qoldirib, yarimfinalga yo‘l oldi
Amaldagi Yevropa chempioni final yo‘llanmasi uchun Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.

Jahon chempionatining ikkinchi yarimfinalchisi aniqlandi.
Ispaniya Belgiya bilan bahs yuritib, zaxiradan tushgan Merinoning so‘nggi daqiqalarda kiritgan to‘pi evaziga g‘alabani ilib ketdi.
Amaldagi Yevropa chempionlari yarimfinalda Fransiyaga qarshi to‘qnash keladi. Bellashuv 14-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
11-iyul sanasida esa chorakfinalning qolgan ikki o‘yini o‘tkaziladi. Unda Angliya Norvegiya bilan, Argentina Shveysariyaga qarshi o‘ynaydi.
JCH-2026. 1/4 final
Ispaniya — Belgiya 2:1
10-iyul, Inglvud.
Gollar: Ruis (30), Merino (88) — de Ketelare (41).
Ispaniya — Simon, Porro, Kubarsi, Laport, Kukurelya, Rodri, Ruis (Pedri, 55), Olmo (Merino, 86), Yamal, Baena (Torres, 55), Oyarsabal (Uilyams, 79).
Belgiya — Kurtua (Lammens, 71), Kastan, Ngoy, Mexele, de Kuyper (Seys, 60), Vanaken (Lukaku, 60), Raskin, Trossar (Vitsel, 60), de Bryuyne (Salemakers, 86), Doku, de Ketelare.
Ogohlantirishlar: Ruis (43), de Bryuyne (85), Laport (90+3), Vitsel (90+5).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





