JCH-2026. Ispaniya Fransiyani qiyinchiliksiz mag‘lub etib, birinchi finalchiga aylandi
«Qizil furiya» turnirning asosiy favoritiga imkon qoldirmadi va 16 yillik tanaffusdan so‘ng finalga chiqdi.

Jahon chempionatida hal qiluvchi bahslar davom etmoqda.
Birinchi yarimfinalda tarkib borasida turnirning asosiy favoriti deb hisoblangan, 2022 yilgi mundial finalchisi Fransiya Yevropaning amaldagi chempioni Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi.
Oyarsabal va Porroning gollari «qizil furiya»ni 16 yillik tanaffusdan so‘ng Jahon chempionati finaliga olib chiqdi. Fransuzlar esa qatorasiga uchinchi bor finalga chiqish imkoniyatidan foydalana olishmadi.
Ispaniya 19-iyul kungi hal qiluvchi bahsda Argentina — Angliya juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
JCH-2026. Yarimfinal
Fransiya — Ispaniya 0:2
14-iyul. Ist-Ruterford
Gollar: Oyarsabal (22, penalti), Porro (58).
Fransiya — Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba (Lakrua, 30), Din (Ernandes, 72), Chuameni, Rabio (Kone, 46), Olise (Sherki, 72), Dembele, Barkolya (Due, 57), Mbappe.
Ispaniya — Simon, Porro (Lorente, 84), Kubarsi, Laport, Kukurelya, Rodri, Ruis (Pedri, 78), Olmo (Merino, 78), Yamal, Baena (Uilyams, 84), Oyarsabal (Torres, 74).
Ogohlantirishlar: Rabio (9), Kukurelya (31), Mbappe (86).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





