Kim Chen In 13 yoshli qizini hokimiyat vorisi etib tayinlamoqchi

Bugun 09:181 daqiqa

Janubiy Koreya razvedkasiga ko‘ra, Shimoliy Koreyada voris tayinlash jarayoni boshlandi.

Kim Chen In 13 yoshli qizini hokimiyat vorisi etib tayinlamoqchi

KXDR yetakchisi Kim Chen In yaqin vaqt ichida o‘z qizi Ju Eni voris sifatida elon qiladi. Bu haqda Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari mamlakat razvedka xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Malumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreya razvedkasi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning qizi — Ju Eni hokimiyat vorisi etib tayinlash jarayoniga kirishganini malum qilgan. Bu bayonot avvalgi «eng ehtimolli voris» degan taxminlardan ko‘ra ancha aniqroq xulosa hisoblanadi.

Rasmiy tadbirlar va siyosiy faollik: Vorislik alomatlari

Janubiy Koreya parlamentining razvedka bo‘yicha qo‘mitasi o‘tkazgan yopiq brifingda deputatlar Pak Son Von va Li Son Kin jurnalistlarga malum qilishicha, bunday xulosaga kelishga Ju Ening so‘nggi paytlarda davlat siyosatiga oid ayrim masalalarda o‘z fikrini bildirgani asos bo‘lgan.

«Kim Ju E Koreya xalq armiyasi tashkil etilganining yillik marosimida va Kumsusan saroyiga tashrif kabi turli rasmiy tadbirlarda ishtirok etgani, shuningdek, davlat boshqaruvining ba’zi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z fikrini bildirgani sababli, razvedka xizmati uni vorislikka tayinlash jarayoni boshlangan deb hisoblamoqda», — dedi Li.

13 yoshli ehtimoliy rahbar

Ta’kidlanishicha, ushbu malumotlar endi Ju E «voris etib tayinlanish» arafasidagi shaxs sifatida ko‘rilayotganini anglatadi.

Malumot uchun, razvedka malumotlariga ko‘ra, Kim Chen Inning qizi 2013 yilda tug‘ilgan.

Teglar

Mavzuga oid