
Kredit oluvchilarga «chek-list»: bu tizim kerakmi?
Markaziy bank kredit oluvchilar uchun chek-list joriy etishni taklif qildi. Unda qarzdorlikni rasmiylashtirishdagi shartlar va xavflar tushuntiriladi. Bu haqida mutaxassis nima deydi?

Markaziy bank e’lon qilgan taklifga ko‘ra, endi kredit ajratishdan so‘ng, shartnoma rasmiylashtirilguncha, bank mijozga kredit majburiyatlari va xatarlarini ko‘rsatadigan chek-list berishi kerak. Qarz oluvchi bandlar bilan tanishib, to‘liq roziligini tasdiqlashi shart. Chek-list to‘ldirilmasa, kredit shartnomasini imzolab bo‘lmaydi.
Qanday ishlaydi?
Hujjatda izohlar bilan 4 ta shart beriladi:
[caption id="attachment_13227" align="aligncenter" width="633"]
Manba: Markaziy bank[/caption]
Manba: Markaziy bank[/caption]
- Kredit — bu xarajat;
- Kreditni qaytarish jadvalini diqqat bilan o‘rganib chiqdim;
- Daromadlarim kredit to‘lovlarini to‘lash imkonini beradi;
- Kredit to‘lovlarini kechiktirish oqibatlaridan xabardorman.





