
Mirziyoyevni mundial yo‘llanmasi bilan To‘qayev shaxsan tabrikladi
17.06.2025 | 22:0037192
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev prezident Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston terma jamoasining tarixda ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatiga chiqqani munosabati bilan tabrikladi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 iyun kuni Qozog‘iston poytaxti Ostonaga tashrif buyurib, «Markaziy Osiyo – Xitoy» sammitida ishtirok etdi. U yerda u Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida To‘qayev Mirziyoyevni tarixda ilk bor O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionati–2026 musobaqasiga yo‘llanma olgani bilan samimiy tabrikladi.
Joriy yil iyun oyi boshida O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘z tarixida birinchi marta futbol bo‘yicha JCHda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Shu munosabat bilan terma jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi avtomobillar bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 55-o‘ringa ko‘tarilib oldi.





