add

Moody’s AQSHning kredit reytingini pasaytirdi

17.05.2025 | 21:2234693

Moody’s xalqaro reyting agentligi AQSH davlat qarzi va byudjet defitsiti ortishi tufayli mamlakatning kredit reytingi Aaa darajasidan Aa1 darajasiga pasaytirdi. Bu bilan AQSH «katta uchlik» reyting agentliklari tomonidan eng yuqori bahodan mahrum qilingan yagona davlatga aylandi.

Moody’s AQSHning kredit reytingini pasaytirdi
Moody’s agentligi o‘z qarorini AQSHdagi davlat qarzi va foiz to‘lovlari miqdori yillar davomida o‘sib borishi bilan izohladi. Ta’kidlanishicha, bu ko‘rsatkichlar endi AAA reytingiga ega davlatlarnikidan ancha yuqori bo‘lib qoldi. Agentlikning fikriga ko‘ra, AQSHda hukumat almashinuvlari va Kongressdagi kelishmovchiliklar tufayli byudjet taqchilligini kamaytirish bo‘yicha uzoq muddatli choralar qabul qilinmagan. Hozirda muhokama qilinayotgan moliyaviy takliflar ham Moody’sning baholashicha, uzoq muddatda defitsitni bartaraf etishga xizmat qilmaydi. Agentlik prognozlariga ko‘ra, 2035 yilga kelib AQSHda byudjet defitsiti YAIMning 9 foizigacha yetishi mumkin. 2024 yilda bu ko‘rsatkich 6,4 foizni tashkil etgan. Bunday o‘sish ijtimoiy xarajatlar va davlat qarzi uchun foiz to‘lovlari ortishi, shuningdek, soliq tushumlarining cheklanganligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, Moody’s hisoblashicha, 2035 yilga kelib davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatan nisbati 134 foizga yetadi (2024 yilda — 98 foiz). Byudjetdagi foiz to‘lovlari umumiy daromadning 30 foizini tashkil qilishi mumkin — bu 2021 yildagidan uch baravar ko‘p. Moody’s AQSHning moliyaviy va iqtisodiy ustunliklarini e’tirof etgan holda, bu afzalliklar endi byudjet ko‘rsatkichlaridagi yomonlashuvni qoplay olmayotganini ta’kidladi.  

Teglar

Mavzuga oid