O‘zbekiston shaxmatchilari Jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarildi: Nodirbek Abdusattorovda oltin medal!
Dunyoning eng kuchli shaxmatchilari to‘plangan mazkur nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
© FIDEGonkongda shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan jamoaviy Jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Dunyoning eng kuchli shaxmatchilari to‘plangan mazkur nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Shaxsiy ko‘rsatkichlarda esa Nodirbek Abdusattorov 1-taxtada mutlaq tengsiz ekanligini isbotlab, oltin medalga ega chiqdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
1-o‘rin: “Dragon Chilling” jamoasi turnir chempioniga aylanib, oltin medallar va 75 000 yevro miqdoridagi bosh mukofotni qo‘lga kiritdi.
2-o‘rin: “Endgame AI” jamoasi kumush medallar hamda 50 000 yevro pul mukofotiga ega chiqdi.
3-o‘rin: O‘zbekiston terma jamoasi murosasiz kechgan bahslarda bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Hal qiluvchi tay-brek bellashuvida shaxmatchilar raqiblari ustidan 5.5 : 0.5 hisobida yirik va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Ushbu muvaffaqiyat evaziga jamoa 30 000 yevro pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari taxtalar bo‘yicha shaxsiy natijalarda Nodirbek Abdusattorov chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Nodirbek Abdusattorov eng kuchli shaxmatchilar don suradigan 1-taxtada mutlaq tengsiz ekanligini isbotladi. U o‘tkazilgan 19 ta o‘yinda 15.5 ochko jamg‘arib, 2936 reyting performansini ko‘rsatdi va shaxsiy ko‘rsatkich bo‘yicha oltin medalga ega chiqdi.
Umida Omonova ayollar o‘rtasidagi bahslarda mahorat ko‘rsatgan Umida 12 ta o‘yindan 9 ochko jamg‘arib, o‘z taxtasida ikkinchi natijani qayd etdi.
Akjol Rahmatullayev ham 21 ta partiyada 14.5 ochko to‘plagan holda jamoasiga muhim ochkolarni taqdim etdi va kumush medal sohibi bo‘ldi.
Yana bir shaxmat ustasi
Shamsiddin Vohidov 15 ta partiyada 8.5 ochko jamg‘argan holda, o‘z taxtasida kuchli uchlikdan joy oldi.





