Logo

O‘zbekiston MDH davlatlari orasida simli internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi

Bugun 11:551 daqiqa

Ozarboyjon uch, Qozog‘iston ikki, Tojikiston olti pog‘onaga yaxshilandi. Qirg‘iziston esa o‘z o‘rnini saqlab qoldi.

O‘zbekiston MDH davlatlari orasida simli internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi © nmpoliticalreport.com

O‘zbekiston avgust oyida «Speedtest Global Index» reytingida ham mobil, ham simli internet tezligi bo‘yicha uch pog‘onaga yuqoriladi.

Mobil internet bo‘yicha mamlakatda yuklab olish tezligi 62,42 Mbit/s dan 65,27 Mbit/s gacha oshdi. Natijada O‘zbekiston 75-o‘rindan 72-o‘ringa ko‘tarildi. O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 5 yilda 65 pog‘onaga yuqoriladi.

Simli internet bo‘yicha yuklab olish tezligi ham bir oy ichida 94,23 Mbit/s dan 94,50 Mbit/s gacha oshdi. O‘zbekistonning reytingdagi o‘rni 76-o‘rindan 73-o‘ringa ko‘tarildi. Shuningdek, 2026-yilning boshidan buyon mobil internetning yuklab olish tezligi sakkiz oy davomida 27 foizga oshib, 51,42 Mbit/s dan 65,27 Mbit/s gacha yetdi.

MDH davlatlari orasida O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha yuqori natija qayd etib, birinchi o‘rinda bormoqda. Hamdo‘stlikka a’zolar orasida O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarda, aniqrog‘i 78-o‘rinda Ozarboyjon turibdi (92,77 Mbit/s). U ham o‘z o‘rnini 3 pog‘onaga yaxshilagan. Qozog‘iston 2 pog‘onaga yuqorilab, 90,52 Mbit/s bilan 87-o‘rinda. Armaniston esa bu gal 8 pog‘onaga pastlagan bo‘lsa-da, haliyam boshqalardan oldinda. U 89,84 Mbit/s bilan 90-o‘rinda. 91-o‘rinni Qirg‘iziston (89,17 Mbit/s) band qildi. Mamlakat reytingida o‘zgarish bo‘lmadi, u o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Qo‘shni Tojikiston bu safar 6 pog‘onaga yaxshilandi (109-o‘rin), ammo tezlik 54,12 Mbit/s.

Teglar

Mavzuga oid