add

O‘zbekistonda 10 oyda pochta va kurerlik xizmatlari 5,5 trln so‘mga yetdi

29.11.2025 | 18:522031 daqiqa

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p pochta va kurerlik xizmatlari hajmi Toshkent shahri, Samarqand va Toshkent viloyatlarida qayd etildi.

O‘zbekistonda 10 oyda pochta va kurerlik xizmatlari 5,5 trln so‘mga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonda pochta va kurerlik xizmatlari hajmi 5,5 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,1 foizga oshgan.

Xizmatlar hajmida eng katta ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi. Poytaxtda kurerlik va pochta xizmatlari 2,9 trln so‘mga yetdi. Bu mamlakat bo‘yicha umumiy hajmning yarmidan ko‘p qismini tashkil qiladi.

Sohada sezilarli ulushga ega hududlar orasida Samarqand viloyati 602,4 mlrd so‘m bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Toshkent viloyatida esa ushbu xizmatlar 433,5 mlrd so‘mlik hajmga yetdi. Farg‘ona viloyati 420,4 mlrd so‘m, Qashqadaryo viloyati 300,5 mlrd so‘m hajm bilan yetakchi hududlar qatorida turibdi.

Andijon viloyatida kurerlik va pochta xizmatlari 291,7 mlrd so‘mga teng bo‘ldi. Namangan viloyatida bu ko‘rsatkich 161,1 mlrd, Xorazm viloyatida 80,5 mlrd, Buxoro viloyatida 66,3 mlrd, Surxondaryo viloyatida 62,1 mlrd, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 64,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Nisbatan past ko‘rsatkichlar Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kuzatildi. Jizzaxda xizmatlar hajmi 42,7 mlrd, Sirdaryo viloyatida esa 41,3 mlrd so‘m bo‘ldi. Navoiy viloyati esa 34,6 mlrd so‘mlik natija qayd etdi.

Teglar

Mavzuga oid