
O‘zbekistonda aholiga tegishli xususiy avtomobillar soni nechtaligi aytildi
2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, mamlakatda jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari soni bir yilda o‘sish 441,5 mingtaga o‘sgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ro‘yxatdagi avtomobil parkining asosiy qismini yengil mashinalar tashkil qiladi — ularning soni 4,6 milliondan oshiq, ya’ni umumiy ulushning 93 foiziga teng. 2024 yilning shu davriga nisbatan xususiy avtotransport miqdori sezilarli darajada ko‘paygan.
Jismoniy shaxslarga tegishli transport turlari bo‘yicha taqsimlanish quyidagicha: yengil avtomobillar — 4 289,0 ming dona, yuk mashinalari — 302,6 ming dona, mikroavtobuslar — 7,7 ming dona, maxsus transport vositalari — 7,3 ming dona, avtobuslar — 6,1 ming dona.
Mutahassislar fikricha, avtomobillar sonining ortishi mamlakatda aholi daromadlari o‘sishi, avtosanoatdagi ishlab chiqarish hajmi kengayishi va avtokreditlash imkoniyatlari kengaygani bilan bog‘liq. Shu bilan birga, yo‘l infratuzilmasi va ekologiya masalalari ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.
So‘nggi yillarda shaharlarda tirbandlik, havo ifloslanishi va turar-joy hududlarida avtoturargoh yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolar kuchaymoqda. Mutasaddilar ushbu holatda jamoat transportini rivojlantirish va ekologik toza transport turlarini joriy etish dolzarb vazifa ekanini ta’kidlamoqda.





