O‘zbekistonda oltin quymalari narxi uch kundan beri pasaymoqda

06.03.2026 | 12:451 daqiqa

3-mart kuni rekord darajada o‘sgan oltin quymalari narxi keyingi uch kun davomida pasayish tendensiyasini namoyon qilmoqda.

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi uch kundan beri pasaymoqda

Markaziy bank 6-mart kuni amal qiladigan oltin quymalarni sotish va qaytarib sotib olish narxlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 5 gr oltin quyma narxi 10 394 000 so‘mgacha tushdi.

3-mart kuni oltin quymalari narxi rekord yangilab, 5 gr ko‘rinishidagi oltin quymalari birinchi marta 10 mln 864 ming so‘mga chiqqandi. Oxirgi uch kunlikda esa 5 gr oltin quyma narxi 470 000 so‘mgacha arzonladi.

photo_2026-03-06_12-22-05

Banklardagi quymalar qoldig‘i haqidagi ma’lumotni Markaziy bank rasmiy saytidan olish mumkin.

Narxning pasayish sababi

O‘zbekistonda oltin quymalari narxining pasayishi jahon bozoridagi oltin narxi o‘zgarishi bilan bog‘liq.

Yaqin Sharqdagi nizolar sabab qimmatbaho metallarga bo‘lgan talab kutilmaganda pasaymoqda. 3-mart kuni oltin jahon bozorida 4 foizga arzonlashdi.

6-mart holatiga ko‘ra, oltin bir troya unsiyasi uchun 5110 dollar atrofida sotilmoqda. Tahlilchilarning fikricha, oltin narxi 5400 dollardan yuqoriga ko‘tarilishi uchun hozircha yetarlicha talab mavjud emas, chunki obligatsiyalar bozori investorlar uchun jozibadorroq bo‘lib qolmoqda.

Ma’lumot uchun, oltin narxi bir yil ichida 75 foizga o‘sgan.

Teglar

Mavzuga oid