add

O‘zbekistonga 700 ming mehnat migranti qaytdi — Prezident

30.08.2025 | 22:0919504

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlargan o‘z nutqida iqtisodiy o‘sish, energetika, turizm, ish o‘rinlari va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha rejalarni bayon qildi.

O‘zbekistonga 700 ming mehnat migranti qaytdi — Prezident
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda nutq so‘zladi. Prezident matbuot xizmati nutq matnini e’lon qildi. Mirziyoyev so‘zlariga ko‘ra, respublika iqtisodiyoti jahondagi murakkab sharoitlarga qaramasdan yiliga 6 foizdan ziyod o‘smoqda. 2017 yildan buyon O‘zbekistonga 130 mlrd dollar xorijiy investitsiya kiritilgan. YAIM ikki baravarga o‘sib, 115 mlrd dollarga yetgan. 2025 yil yakunida ushbu ko‘rsatkich 130 mlrd dollargacha yetishi kutilmoqda. Prezident yil boshidan beri mamlakatda 5 mln kishi ish bilan ta’minlanganini, shundan 700 ming mehnat migranti qaytganini ma’lum qildi. Bu natijalar olib borilayotgan islohotlarning samaradorligidan dalolat berishi qayd etildi. Doimiy ish o‘rinlari yaratish uchun yil oxirigacha 9 mingta yangi korxona tashkil etilishi va ularga 35 mlrd dollar investitsiya jalb qilinishi rejalashtirilgan. 2026 yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 85 mlrd kWh dan 97 mlrd kWh gacha oshirilishi maqsad qilingan. «Yashil energetika» ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda: 2024 yilda qayta tiklanuvchi manbalardan 6,5 mlrd kWh energiya olingan. 2030 yilgacha bu sohaga 35 mlrd dollar investitsiya jalb etilib, yashil energiya ulushi 54 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. Turizm sohasida ham o‘sish kuzatilmoqda: 2024 yilda 10 mln turist mamlakatga tashrif buyurdi, xizmatlar eksporti esa 3 mlrd dollarga yetdi. Shaharlar infratuzilmasini yaxshilash va arxitektura merosini tiklash orqali soha yanada rivojlantiriladi. Ijtimoiy sohada davlat tomonidan 19 trln so‘m yo‘naltirilgan. Bu mablag‘lar 2,5 mln ehtiyojmand oila a’zolariga 110 turdagi xizmat va yordam ko‘rsatishga sarflangan. Kambag‘allik darajasi 6,8 foizgacha tushirilgan. Sog‘liqni saqlashga ajratiladigan mablag‘lar 6 baravar oshgan. 400 dan ortiq tibbiy xizmat endi Toshkent emas, balki viloyatlarda ham ko‘rsatilayotgani aytildi. O‘rtacha umr ko‘rsatkichi 75 yoshdan oshgan. Prezident ta’lim va tibbiyot sohalariga barcha resurslarni safarbar etishini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid