Paralimpiadada rossiyalik va belarus sportchilari qatnashishiga Italiya ham qarshi

Italiya hukumati 2026 yilgi o‘yinlarda rossiyalik va belarus sportchilar milliy ramzlar bilan ishtirok etishiga norozilik bildirdi.

Paralimpiadada rossiyalik va belarus sportchilari qatnashishiga Italiya ham qarshi

Italiya hukumati 2026 yil Milan va Kortina-d’Ampetssoda o‘tadigan qishki Paralimpiya o‘yinlarida Rossiyadan olti va Belarusdan to‘rt sportchining o‘z bayroqlari hamda madhiyalari ostida qatnashishiga qarshi chiqdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Rossiya tomonidan, Belarus qo‘llab-quvvatlagan holda, xalqaro huquq normalari va olimpiya g‘oyalarining buzilishi sportchilarning milliy ramzlar bilan ishtirok etishiga zid. Italiya sport vaziri Andrea Abodi bilan imzolangan qo‘shma bayonotda sportchilar faqat neytral maqomda qatnashishi mumkinligi ta’kidlandi.

Avvalroq Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi ikki mamlakat sportchilariga «ikki tomonlama taklifnoma» asosida o‘yinlarda ishtirok etish imkoni berilganini tasdiqlagan edi. Ushbu mexanizm odatiy kvotalardan farq qilib, istisno tartibida beriladi.

Ukraina noroziligi

Ukraina esa siyosiy boykot e’lon qilib 6-mart kuni Veronada o‘tadigan ochilish marosimida qatnashmasligini ma’lum qilgan edi. Shu bilan birga, qo‘mita yakuniy qaror Italiya tashkilotchilari ixtiyorida qolishini bildirdi.

2025 yil sentabrda Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi Rossiya va Belarus milliy qo‘mitalari a’zoligini qayta tiklagan edi. Dekabrda esa Sport arbitraj sudi ayrim sportchilarning xalqaro musobaqalarda milliy ramzlar bilan ishtirok etishiga ruxsat bergan. Shu orqali ular Germaniyadagi chang‘i bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida o‘z bayroqlari ostida qatnashdi.

Teglar

Mavzuga oid