
Pokistonda vertolyot halokatga uchradi, barcha ekipaj a’zolari halok bo‘ldi
Mintaqada motam e’lon qilingan va davlat bayroqlari tushiriladi.

Pokiston shimoli-g‘arbida gumanitar yordam tashiyotgan vertolyot halokatga uchradi, natijada ekipajning barcha besh a’zosi halok bo‘ldi, deb ma’lum qildi Xayber-Paxtunxva viloyati rahbari Ali Amin Gandapur.
Pokiston ommaviy axborot vositalari Gandapurning quyidagi bayonotini keltiradi: "Viloyat hukumatiga qarashli Mi-17 vertolyoti kuchli yomg‘irlardan zarar ko‘rgan Bajaur tumanlariga insonparvarlik yordamini yetkazib berayotganda, noqulay ob-havo sharoiti tufayli Mohmand okrugining Pandiyali hududida qulab tushdi".
Uning aytishicha, ikki uchuvchi ham qo‘shilgan holda jami besh kishi halok bo‘lgan.
Viloyat rahbari yana qo‘shimcha qilishicha, mintaqada motam e’lon qilingan va davlat bayroqlari tushiriladi. Halokat joyiga qutqaruv guruhlari jo‘natilgan bo‘lib, halok bo‘lganlar harbiy izzat-ikrom bilan dafn etiladi.





