Qamchibek Tashiyev o‘z iste’fosi haqida gapirdi

Kecha 10:192 daqiqa

U xorijga tekshiruv uchun ketgani va lavozimidan ozod etilishi haqida oldindan bilmaganini ma’lum qildi.

Qamchibek Tashiyev o‘z iste’fosi haqida gapirdi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq rahbari Kamchibek Tashiyev lavozimidan ozod etilgani uning uchun kutilmagan qaror bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Tashiyevning tarafdorlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan murojaatda keltirilgan, deb xabar bermoqda 24.kg nashri.

Tashiyev so‘zlariga ko‘ra, u avval o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin sog‘lig‘ini tekshirtirish maqsadida xorijga chiqqan. Uning ta’kidlashicha, bu safar Sadir Japarov ruxsati bilan amalga oshirilgan. Shu bilan birga, lavozimidan ozod etish haqidagi qaror u uchun kutilmagan bo‘lgan.

«Men davlatimizga, xalqimizga va prezidentimizga sharaf bilan xizmat qildim va bundan faxrlanaman. Mening yagona afsuslanishim shundaki, menga shaxsiy tarkibim bilan xayrlashish imkoniyati berilmadi. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining har bir xodimiga minnatdorchilik bildiraman va ularga muvaffaqiyat tilayman!», — deyiladi murojaatda. U Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlariga minnatdorlik bildirib, ularga muvaffaqiyat tilagan.

Sobiq amaldor har qanday holatda davlat rahbari qarorini bajarish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, u fuqarolarni qonunlarga rioya qilishga, noqonuniy harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi va mamlakatda tinchlik hamda barqarorlikni saqlash muhimligini urg‘uladi.

Ma’lumot uchun, bir kun oldin Kamchibek Tashiyev Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimlaridan ozod etilgan edi. Sadir Japarov Tashiyevning lavozimdan ozod etilishini:

«Bu qadamning asosiy maqsadi davlat birligini mustahkamlash va jamiyatda, shu jumladan davlat organlari o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan bo‘linishlarni oldini olishdir», – deya tushuntirgan.

Teglar

Mavzuga oid