
Rossiya tahdidi fonida NATO Germaniyadan 7 ta yangi harbiy brigada so‘ramoqda
29.05.2025 | 18:0040013
NATO Germaniyadan qo‘shimcha harbiy kuch — 7 ta yangi brigada (qariyb 40 ming harbiy) ajratishni so‘ramoqda. Bu alyansning Rossiya tomonidan ortib borayotgan xavf fonida o‘z mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha yangi strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Yangi tashabbusga ko‘ra, NATO a’zosi bo‘lgan mamlakatlar jami 80 brigada o‘rniga 120 brigada shakllantirishi kerak bo‘ladi — bu 50 foizlik o‘sishni anglatadi, deb yozmoqda Reuters manbalariga o‘z manbalariga tayanib.
Germaniya esa avvalroq 2030 yilgacha 10 brigada shakllantirishga rozi bo‘lgan edi. Hozirga kelib, 8 ta brigada tayyor, 9-brigada Litvada shakllantirilmoqda va u 2027 yilgacha tayyor bo‘lishi kutilmoqda.
NATOning iyun oyida Haagada o‘tadigan sammitida mudofaa xarajatlarini umumiy yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirish rejasi muhokama qilinadi — shundan 3,5 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri mudofaa, qolgan 1,5 foizni esa umumiy xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda. Germaniya bu rejani qo‘llab-quvvatlagan va harbiy xarajatlar uchun oldingi byudjet cheklovlarini qisqartirgan.
Bundesver bosh inspektori Karsten Broyer qo‘shinlarni 2029 yilgacha to‘liq jihozlashni buyurgan. NATO prognozlariga ko‘ra, shu vaqtga kelib Rossiya o‘z harbiy salohiyatini tiklab, alyans hududiga ehtimoliy hujum o‘tkazish darajasiga yetishi mumkin.
Bu kabi choralar NATOning sharqiy flangidagi saqlanish strategiyasida yangi bosqichni anglatadi va Germaniya ushbu jarayonda yetakchi harbiy-siyosiy rol o‘ynashi mumkin.





