Shmigal ketdi, Umerov ketmoqda — Ukraina hukumatida katta o‘zgarishlar kutilyapti
15.07.2025 | 20:2021432
Denis Shmigal Ukraina bosh vaziri lavozimini tark etdi. Unga mudofaa vaziri lavozimi taklif etildi.

Denis Shmigal Ukraina bosh vaziri lavozimidan iste’foga chiqish
to‘g‘risida ariza yozdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida e’lon qildi.
«Frontda turib, Ukrainani himoya qilayotgan himoyachilarimizga va himoyachi ayollarimizga rahmat! Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga bildirgan ishonchi uchun tashakkur! Butun jamoaga davlatimiz yo‘lida tinimsiz mehnati uchun minnatdorlik bildiraman! Ukrainaga sharaf!», - deya yozgan u.
Kecha, 14 iyul kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radaga Denis Shmigalni mudofaa vaziri lavozimiga tayinlashni taklif qildi.
Denis Shmigal 2020 yil martidan beri bosh vazir lavozimini egallab kelmoqda. Rustem Umerov 2023 yil sentabridan beri Ukraina Mudofaa vazirligini boshqarib kelmoqda. O‘tgan hafta Zelenskiy Umerov Ukrainaning AQSHdagi yangi elchisi bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Oliy Rada 16-17 iyul kunlari Ukraina hukumatidagi o‘zgarishlarni ma’qullamoqchi, deb xabar bermoqda «Ukrainska pravda» manbalari.