
Sumkadan ruchkagacha: Takaichining shaxsiy jozibasi Yaponiya siyosatini o‘zgartirmoqda
Yaponiyaning birinchi ayol bosh vaziri shaxsiy jozibasi va ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi bilan o‘z siyosatini yoshlar uchun jozibador qilib ko‘rsata oldi.

U tutadigan sumka sotuvda qolmadi, pushti ruchkasi internetda virusdek tarqaldi va hatto sevimli shirinliklariga ham talab ortdi. Gap qaysidir pop yulduzi haqida emas, Yaponiya hukumatining 64 yoshli rahbari, mamlakatning birinchi ayol bosh vaziri Sanae Takaichi haqida ketmoqda. U yoshlar orasida kutilmagan tarzda olqishlanib, saylovda katta g‘alabani qo‘lga kiritishi mumkin.
So‘rovlarga ko‘ra, “sanakatsu”, ya’ni “sanamania”, Yaponiyaning birinchi ayol bosh vaziriga 8-fevral kuni o‘tkaziladigan umumiy saylovda aniq mandat olib kelishi va mamlakat iqtisodiyotini turg‘un holatdan chiqarish uchun va’da qilgan sarf-harajat rejalarini amalga oshirish imkonini berishi mumkin.
Shaxsiy mashhurligi tufayli, uning hukumat koalitsiyasi 465 ta deputatli quyi palatada 300 tagacha o‘rinni egallashi mumkinligi aytilmoqda, bu esa oldingi bosh vazirning so‘nggi 15 oyda har ikki palatada ham nazoratni yo‘qotib, iste’foga chiqishidan keyin ajoyib o‘zgarishdir.
Eng taajublanarli jihat shundaki, qat’iy konservativ rahbar 30 yoshdan kichik saylovchilar orasida juda mashhur – yaqinda o‘tkazilgan bir so‘rovda bu 90 foizdan oshgan. Uniнг uмuмий mashhurligi esa taxminan 60 % atrofida.

Takaichi tutadigan 900 dollarlik qora charm sumkani tayyorlovchi «Hamano» kompaniyasi direktori Takadori Kobayashi uning mahsulotini xarid qilmoqchi bo‘lgan yoshlar soni ko‘pligidan hayratda.
“Sumkani odatda qirq yoshdan ellik yoshgacha bo‘lgan odamlar xarid qiladi. Lekin u mashhur bo‘lib ketgandan so‘ng, ehtimol ijtimoiy tarmoqlar orqali, yigirma-o‘ttiz yoshdagi mijozlar qiziqish bildirdi” – deydi Kobayashi.

Shu bilan birga, u parlamentda qaydlar uchun ishlatadigan pushti sharikli ruchkasi va poyezdda ketayotganda derazadan ko‘rsatgan shirinlik atrofida ham internetda shovqin bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoq ustasi
Takaichi ijtimoiy tarmoqlarda nafaqat iqtidordagi Liberal-Demokratik partiya (LDP) ichidagi, balki muxolifatdagi raqobatdoshlaridan ham ko‘proq obunachilar yig‘di. Uning «X»da taxminan 2,6 million muxlisi bor, asosiy muxolifat partiyasi rahbari Yosixiko Nodada esa bu ko‘rsatkich taxminan 64 ming.
«NHK» ommaviy teleradiokompaniyasi tomonidan 2-fevral kuni e’lon qilingan so‘rov natijalariga ko‘ra, Takaichining shaxsiy maqullash darajasi an’anaviy ravishda erkaklar boshchiligida bo‘lgan LDPnikidan qariyb ikki barobar yuqori.

Uning virus kabi tarqalayotgan postlari Yaponiyaning odatda to‘xtamli siyosatidan ajralib turadi. Масалан, Janubiy Koreya prezidenti Li Же-Мён bilan «Netflix»dagi K-Pop xit qo‘shig‘i «Golden»ni barabanda ijro etgani yoki Italiya bosh vaziri Жоржия Melonini italyan tilida “Tug‘ilgan kuning bilan” qo‘shig‘i bilan қuтлагаni katta e’tibor tortdi.

19-yanvar kuni muddatidan oldingi saylovni e’lon qilar ekan, Такаичи ovoz berishni o‘z rahbarligi va siyosatiga, jumladan moliyaviy kengaytirish hamda Xitoyning tobora kuchayib borayotgan harbiy qudratiga qarshi mudofaani mustahkamlash rejalariga oid de-fakto referendum sifatida taqdim etdi.
«Sanae Такаичига mamlakatni boshqarishni ishonib topshirish mumkinmi? Men xalqdan bevosita shuni baholashni so‘rayman», – dedi u.
Tokio shahridagi Sofiya universiteti siyosiy fanlar professori Koichi Nakanoning aytishicha, Такаичи saylovchilar va siyosatchilarni «amalda ancha prezidentlik uslubidaги qo‘llab-quvvatlash (mandat) olishga qaratilgan saylov» o‘tkazib, hayratda қолдирган.

Такаичиniнг ushbu yondashuvi Tokioning markazida joylashgan, anime va o‘yin madaniyati markazi hisoblangan Akixabarada o‘tgan ilk saylov mitingida qatnashgan 32 yoshli ofis xodimi Xaruka Okuyuamani ham o‘ziga rom etdi.
“Hozir ko‘plab yoshlar ijtimoiy tarmoqlarni kuzatadi, va menimcha, ular orasida konservativ fikrlash ham ortib bormoqda”, – dedi Okuyuama, sumkasidan jurnal chiqarib.
Uning aytishicha, u jurnalni aynan muqovasida Takaichining surati bo‘lgani uchun sotib olgan.

Akixabara vokzali yonidagi saylov yuk mashinasi ustida turib nutq so‘zlagan Такаичи, Yaponiya siyosiy elitasidan tashqarida o‘ta oddiy muhitda o‘sgani haqida gapirib, so‘zining orasida салонларdagi narxdan tortib migratsiyani nazorat qilishgacha bo‘lgan mavzularga to‘xtaldi.
Onasi politsiya xodimi, otasi esa avtomobil kompaniyasida ishlagan Такаичи Britaniyaning birinchi ayol va zamonaviy tarixda eng uzoq muddat xizmat qilgan bosh vaziri – do‘konchi qizidan mamlakat rahbariga aylangan Margaret Tetcherdan ilhom olganini aytgan.
“Uning gapirish uslubi aniq va qat’iy. U ochiq va ijobiy tarzda muloqot qiladi, va menimcha, ana shu energiya yoshlar bilan hamohang tus oladi”, – dedi tadbirda yapon qog‘oz bayroqlarini tarqatishga ko‘ngilli bo‘lgan 24 yoshli kotiblik xodimi Takeo Fujimura.
Shaxsiyat qudrati
Mitingda qatnashganlarning hammasi ham o‘z qarorini hali qabul qilmagandi. Masalan, 37 yoshli oila boshlig‘i Tomomi Kavamura Takaichining ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish mahoratini hurmat qilishini, ammo kimga ovoz berishni hali hal qilmaganini aytdi. Uning asosiy tashvishi narxlar oshishi bo‘lib, boshqa saylovchilar orasida ham shunga o‘xshash xavotirlar bor edi: iyenaning qiymati tushishi – qisman Takaichining va’da qilingan moliyaviy kengayishi ta’siri bilan – inflatsiyani kuchaytiradi.
“Narxlar juda yuqori. Bu borada biror narsa qilishini xohlayman”, – deydi Kavamura.
Ba’zi tahlilchilar bosh vazir jalb qilgan yoshlar yetarli darajada ovoz berib, saylovlarda kutilgan katta g‘alabani ta’minlay olishiga shubha qilmoqda. Yoshlar an’anaviy ravishda LDPning urushdan keyingi davrdagi deyarli uzluksiz hukmronligini qo‘llab kelgan katta yoshlilarga qaraganda ovoz berishda kamroq faol bo‘lgan.

«The Asia Group» strategik maslahat kompaniyasining yetakchi hamkori Devid Bolingning aytishicha, hatto kamtarona g‘alaba ham Такаичиniнг shaxsiy jozibasi hokimiyatni uzoq yillar davomida qo‘lda ushlab kelgan, ammo so‘nggi paytlarda mavqei tez susayayotgan partiya taqdirini yakka holda qayta tiklaganini yaqqol ko‘rsatadi.
“Uning shaxsiy qudrati siyosat chegaralaridan oshib ketayotgandek tuyuladi”, – deydi u.





