Logo

Til bayrami kunida tarixiy qaror: o‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

Bugun 14:161 daqiqa

Alifbo masalasi kecha yoki bugun paydo bo‘lgan bahs emas. Qariyb har safar bu mavzu ko‘tarilganda jamiyat yana ikkiga bo‘linar, takliflar muhokama qilinar, ammo yakuniy qaror ortga surilardi.

Til bayrami kunida tarixiy qaror: o‘zbek alifbosini takomillashtirish qonuni imzolandi

2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ham bu masala ochiq ko‘tarilgan edi. O‘shanda alifbo borasidagi uzoq yillik bahslarga nuqta qo‘yish vaqti kelgani aytilgandi.

Oradan uch yilga yaqin vaqt o‘tib, bu masala huquqiy yechimini topdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi.

E’tiborli tomoni, gap butunlay yangi alifbo haqida ketayotgani yo‘q. Mavjud alifbo amaliyotda to‘plangan tajriba va bugungi ehtiyojlar asosida takomillashtirildi.

Yana bir muhim jihat bor. O‘zgarish odamlarga qo‘shimcha tashvish va birdaniga katta xarajat olib kelmasligi kerakligi ham hisobga olingan. Shu sababli amaldagi hujjat, darslik va boshqa materiallarni zudlik bilan almashtirish talab qilinmaydi. Ular o‘z muddatini o‘taydi va navbatdagi yangilanishda takomillashtirilgan alifboga moslashtiriladi.

Shu tariqa, yillar davomida bahs qilinib kelgan masala yana keyingi avlod zimmasiga qoldirilmadi. U bo‘yicha aniq qaror qabul qilindi.

Teglar

Mavzuga oid