Logo

O‘zbekiston va AQSH $12 mlrdlik kelishuvga erishdi: Mirziyoyev Marko Rubio va Serjio Gorni mukofotladi

Kecha 22:512 daqiqa

Amerikalik diplomatlarga «Buyuk xizmatlari uchun» va «Do‘stlik» ordenlari topshirildi.

O‘zbekiston va AQSH $12 mlrdlik kelishuvga erishdi: Mirziyoyev Marko Rubio va Serjio Gorni mukofotladi © Foto: president.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga “S5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvi hamda Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan AQSH Davlat kotibi Marko Rubioni qabul qildi. Bu haqda 19-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilindi.

Uchrashuv avvalida Marko Rubio davlatimiz rahbariga AQSH Prezidenti Donald Trampning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Asosiy e’tibor O‘zbekiston – AQSH strategik sherikligini yanada mustahkamlash, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish masalalariga qaratilgan.

AQSH va Markaziy Osiyo mamlakatlari muloqotni mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini tasdiqlagan “S5+1” formatidagi navbatdagi vazirlar uchrashuvining yakunlari yuqori baholangan.

Siyosat va xavfsizlik, savdo va investitsiyalar, innovatsiya va texnologiyalar, ta’lim va madaniyat kabi ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlik faollashgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Ikki mamlakat parlamentlari va idoralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘yilgan, ishbilarmon doiralar hamda akademik hamjamiyatning aloqalari kengaymoqda.

Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, avvalo, terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish kabi yo‘nalishlarda mustahkamlanmoqda.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham atroflicha fikr almashilgan.

Ikki mamlakat yetakchilari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak tadbirlar rejasi va ularni mazmunan boyitish masalalari ko‘rib chiqilgan.

AQSH Davlat kotibi va Maxsus vakili davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubio va AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Mukofotlarni Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxsan topshirdi.

Farmonga ko‘ra, Marko Rubio ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.

Shuningdek, Serjio Gor O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va investitsiyaviy imkoniyatlarini AQSHda keng targ‘ib etish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, amerikalik investorlar va yetakchi kompaniyalarni jalb qilish borasidagi alohida xizmatlari uchun «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.

serjio gor

Foto: president.uz

Teglar

Mavzuga oid