Toshkent aeroportida xorijdan 6,3 kg «marixuana» olib kelgan yo‘lovchi ushlandi

Kecha 23:351 daqiqa

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent aeroportida xorijdan 6,3 kg «marixuana» olib kelgan yo‘lovchi ushlandi © Foto: bojxona

Toshkent aeroportida 6,3 kg «marixuana»ni olib kirishga uringan xorijiy yo‘lovchi to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tailandning Bangkok shahridan uchib kelgan xorijiy yo‘lovchilardan biriga tegishli qo‘l yuki va bagajlari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda yuklar orasida turli qadoqlar ichida 12 dona polietilen o‘ramlar yashirilgani aniqlangan.

Belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ushbu o‘ramlar ochib ko‘rilganida, ularning ichidagi yashil rangdagi o‘tkir hidli modda Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, 6,3 kilogrammdan ziyod og‘irlikdagi quritilgan «marixuana» ekani ma’lum bo‘lgan. Mazkur modda esa O‘zbekistonda muomalasi taqiqlangan giyohvandlik vositasi hisoblanadi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, «Toshkent-Aero» IBK tezkor tuzilmalari va bojxona postlari xodimlari tomonidan joriy yilning dastlabki choragida aniqlangan 15 ta holatda salkam 30 kg og‘irlikdagi giyohvandlik vositalarining, shu jumladan sintetik narkotiklarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishi va ichki hududdagi yashirin aylanmasiga chek qo‘yilgan. Olib qo‘yilgan giyohvandlik vositalari o‘tgan yilning shu davriga nisbata 18 kilogrammga oshgan.

Teglar

Mavzuga oid