add

Toshkentda yong‘in xavfsizligiga rioya etmagan binolar yopildi

Kecha 13:151 daqiqa

Poytaxtda o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng yong‘in xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan 7 ta majmua faoliyati to‘xtatildi.

Toshkentda yong‘in xavfsizligiga rioya etmagan binolar yopildi

2026 yil 5-fevral kuni Toshkent shahri hududida odamlar gavjum bo‘lishi mumkin bo‘lgan binolarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan keng ko‘lamli tekshiruvlar o‘tkazilgan.

Toshkent shahar FVBB ma’lum qilishicha, nazorat tadbirlari davomida qator jiddiy qoidabuzarliklar aniqlangan. Xususan, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Yakkasaroy, Yangihayot, Yunusobod, Bektemir va Yashnobod tumanlarida joylashgan jami 10 ta ko‘ngilochar va savdo majmuasida yong‘in xavfsizligi talablari qo‘pol ravishda buzilgani qayd etilgan.

Shu sababli, amaldagi qonunchilikka muvofiq, ushbu majmualar faoliyati aniqlangan kamchiliklar to‘liq bartaraf etilguniga qadar vaqtincha to‘xtatilgan. Mas’ul idoralar tomonidan obyekt egalariga belgilangan muddatlarda qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Mazkur choralar yaqinda yuz bergan fojiali voqea ortidan yanada qat’iylashtirildi. 2026 yilning 31-yanvar kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan «Aviator» savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in sodir bo‘lib, oqibatda 3 yoshli qizaloq vafot etgan edi. Ushbu holat jamoatchilikda katta rezonans uyg‘otgan.

Hodisa yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi va 259-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Mutasaddilar bunday fojialarning oldini olish uchun nazorat tadbirlari davom ettirilishini ma’lum qilgan.

Teglar

Mavzuga oid