add

Trampni Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarga undagan «qirg‘iy» kim ekanligi ma’lum bo‘ldi

24.10.2025 | 22:3039381

Prezident avval bunday chora ko‘rishga shoshilmagan, ammo keyin vaziyatni qayta baholashga majbur bo‘lgan.

Trampni Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarga undagan «qirg‘iy» kim ekanligi ma’lum bo‘ldi

Bloomberg agentligining xabar berishicha, bir necha oy davomida Donald Tramp yangi sanksiyalar kiritish takliflariga qarshilik ko‘rsatib kelgan. U, go‘yoki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan shaxsan kelishuvga erishish orqali Ukrainadagi mojaroni to‘xtatish mumkin deb o‘ylagan. Biroq vaziyatning o‘zgarmasligi va davlat kotibi Marko Rubioning keskin pozitsiyasi Trampni o‘z fikrini qayta ko‘rib chiqishga majbur etgan.

Agentlik manbalariga ko‘ra, Rubio — Rossiya bo‘yicha qat’iy siyosatni qo‘llab-quvvatlaydigan, «qirg‘iy» deb ataluvchi siyosatchi — Trampga Moskva hech qanday jiddiy o‘zgarish qilmaganini ta’kidlagan. Shu fikr prezidentning qaror qabul qilishida hal qiluvchi omil bo‘lgan.

Bloomberg yozishicha, bu qaror Rubioning ta’siri va nufuzi ortganini ko‘rsatadi. Davlat kotibining Rossiyaga nisbatan keskin munosabati Trampning maxsus elchisi Stiv Uitkoff ilgari surgan muloqotga moyillik siyosatidan keskin farq qiladi.

Teglar

Mavzuga oid