add

«U baribir to‘xtamaydi» — Germaniya kansleri Putinni Hitlerga qiyosladi

16.12.2025 | 08:587671 daqiqa

Fridrix Mers Donbass bo‘yicha hududiy yon berish 1938 yildagi xato takrorlanishidan boshqa narsa emasligini ta’kidladi.

«U baribir to‘xtamaydi» — Germaniya kansleri Putinni Hitlerga qiyosladi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainadagi urush doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Kiyevga qo‘yayotgan talablarini 1938 yildagi tarixiy voqealar bilan solishtirdi va Rossiya rahbarini o‘sha davrdagi Adolf Hitlerga qiyosladi. Bu haqda DW nashri Mersning partiya konferensiyasidagi nutqiga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Mers nutqi davomida 1938 yilni eslab o‘tgan, o‘shanda Fransiya va Buyuk Britaniya sobiq Chexoslovakiyani Sudet yerlarini natsistlar Germaniyasi va Hitler foydasiga berishga majburlagan. Parij va London buni Yevropada urushning oldini olishga imkon beradi, deb o‘ylagan. Biroq bu xato bo‘lib chiqqan. Chexoslovakiya hududining bir qismini berish Hitlerning ishtahasini pasaytirmagan: atigi yarim yildan so‘ng, 1939 yil martida Germaniya Chexoslovakiyaning qolgan qismini ham bosib olgan.

Nashrning yozishicha, o‘tmishdagi voqealarni hisobga olgan holda Donbass hududlari orqali yon berish Putinning ishtahasini qondiradi, deb o‘ylashga hech qanday asos yo‘q, xuddi 1938 yilgi Myunxen kelishuvining yon berishlari Hitlerni to‘xtatmagani kabi.

«Bu Rossiyaning Ukrainaga qarshi va Yevropaga qarshi tajovuzkor urushidir. Agar Ukraina qulasa, urush shu bilan to‘xtamaydi. Xuddi 1938 yildagi Sudet yerlari yetarli bo‘lmagan kabi. Putin to‘xtamaydi», — dedi kansler Mers.

Teglar

Mavzuga oid