add

Ukrainaga AQSH harbiy yordami to‘xtatilgan bir paytda Putin va Tramp telefon orqali muloqot qilmoqchi

03.07.2025 | 19:2037092

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Tramp bugun kechqurun telefon orqali suhbatlashishi ma’lum qilindi. Bu haqda Rossiya davlat OAV va AQSH prezidentining o‘zi xabar berdi.

Ukrainaga AQSH harbiy yordami to‘xtatilgan bir paytda Putin va Tramp telefon orqali muloqot qilmoqchi
Putin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 dan keyin Tramp bilan telefon orqali muloqot qilishi kutilmoqda. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov suhbatdan so‘ng rasmiy bayonot berilishini ma’lum qildi. Donald Tramp ham mazkur qo‘ng‘iroqni tasdiqlab, uning 19:00 da amalga oshishini aytdi. Liderlar o‘rtasidagi muloqot Ukraina va AQSH o‘rtasidagi diplomatik keskinlik fonida bo‘lib o‘tadi. Ukraina AQSHdan harbiy yordamning amalda to‘xtatilganini e’lon qildi va shu bois Vashingtondagi vaqtinchalik elchisini maslahatlashuvga chaqirib oldi. Politico nashri ma’lumotiga ko‘ra, yordam to‘xtatilishi haqida hatto AQSH Davlat departamenti va Kongress xabardor qilinmagan, bu esa Tramp ma’muriyatini qarorlarni muvofiqlashtirmaganlikda ayblashga sabab bo‘ldi. Kiyevda bu tanaffus Vashingtonning Ukrainaga bosim o‘tkazish urinishi sifatida baholanmoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ertaga Tramp bilan alohida telefon orqali suhbat o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Ukrainaga AQSH harbiy yordami to‘xtatilgan bir paytda Putin va Tramp telefon orqali muloqot qilmoqchi | Vaqt.uz