
Uzum 2026 yilda yevroobligatsiya chiqaradi, 2027 yilda esa IPO o‘tkazadi — Bloomberg
31.08.2025 | 13:0019213
Tencent tomonidan qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekiston fintex yunikorni xalqaro moliya bozorlariga chiqmoqchi.

O‘zbekistonning eng qimmatbaho startapi — fintex va elektron savdo kompaniyasi Uzum 2026 yilda 300 mln dollar miqdorida yevroobligatsiya chiqarish, 2027 yilda esa IPO o‘tkazish orqali yangi investitsiyalarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya hammuassisi Nikolay Seleznyov Bloomberg’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Seleznyovga ko‘ra, IPOni o‘tkazish uchun Hongkong, Abu Dabi va NASDAQ kabi xalqaro maydonlar ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, kompaniya yaqinda Toshkentda obligatsiyalar chiqargani bilan mahalliy bozor moliyaviy ehtiyojlarni to‘liq qoplay olmayotganini ta’kidladi.
Uzum 2022 yilda tadbirkor Jasur Jumayev, Nikolay Seleznyov va sheriklari tomonidan tashkil etilgan. Hozirda kompaniya 17 mln foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatadi, fintex, raqamli bank, elektron to‘lov va yetishtirib berish xizmatlarini taklif etmoqda. U joriy oyda 1,5 mlrd dollar bahosida investitsiya jalb etib, yunikorn maqomini oldi.
Uzum bosh ofisi Toshkentda joylashgan bo‘lsa-da, kompaniya rasman Abu Dabida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu yurisdiksiya regiondagi suveren fondlarga yaqinligi va tanish huquqiy muhit sabab tanlangan. Jumayevning aytishicha, bu fondlar keyingi investitsiya bosqichlarida ham ishtirok etishi mumkin.
Uzum’ning xalqaro moliya bozorlariga chiqishi, O‘zbekistondagi islohotlar, yangilangan siyosiy muhit va yosh demografik tuzilmaning startap ekotizimidagi o‘sishni qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolat beradi.





