add

«Vakolat.uz» platformasi ishga tushiriladi

09.09.2025 | 22:4043413

O‘zbekistonda davlat xizmatlari sohasida ishonchnoma va reyestr tizimini raqamlashtirishga qaratilgan “Vakolat.uz” elektron platformasi 2026 yil 1 yanvardan faoliyat boshlaydi.

«Vakolat.uz» platformasi ishga tushiriladi
Yangi platforma orqali fuqarolar davlat xizmatlaridan foydalanish yoki ular natijalarini olish uchun boshqa shaxslar nomiga ishonchnoma rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, yuridik shaxslar tomonidan berilgan ishonchnomalar ixtiyoriy tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Har qanday turdagi ishonchnomalarning haqiqiyligini onlayn tarzda tekshirish imkoniyati ham yaratiladi. Eng muhimi, bu xizmatlardan foydalanish to‘liq bepul bo‘ladi. Bu fuqarolar va tadbirkorlar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonini yengillashtirishi kutilmoqda. Farmonga ko‘ra, 2026 yildan davlat xizmatlari yagona reyestri Adliya vazirligi ishlab chiqayotgan «Davlat xizmatlari» avtomatlashtirilgan axborot tizimida yuritiladi. Bu tizim doirasida har bir davlat xizmati uchun raqamli pasport shakllantiriladi va ular yagona reyestrga normativ-huquqiy hujjatlar asosida kiritiladi. Ushbu platforma davlat xizmatlari sohasida shaffoflikni kuchaytiradi, aholi va biznes uchun kulayliklar yaratadi va ortiqcha qog‘ozbozlikni kamaytiradi. Avvalroq FHDYO organlarida nikohlanuvchilarning tibbiy ko‘rik ma’lumotlari yoki harbiy xizmatga chaqirilayotganlarning turar joyi o‘zgarishi haqidagi hujjatlar elektron tizimlar orqali olinishi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid