Yashil chipta tizimi O‘zbekistonda joriy etiladi

Bugun 18:011 daqiqa

O‘zbekistonda «yashil chipta» tizimi joriy etilib, karbon izini kompensatsiya qilish imkoniyati yaratiladi.

Yashil chipta tizimi O‘zbekistonda joriy etiladi

O‘zbekistonda ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan yangi tizim — «yashil chipta» joriy etiladi. Prezident farmoniga muvofiq, mazkur mexanizm 3 oy muddatda ishga tushirilishi belgilangan.

«Yashil chipta» kimlar uchun ishlab chiqiladi?

Yangi tizim doirasida samolyot, poyezd, metro va taksi kabi transport vositalarida har bir marshrutning karbon izi hisoblab chiqiladi. Bu orqali foydalanuvchilar o‘z sayohatlarining atrof-muhitga ta’sirini aniq bilish imkoniga ega bo‘ladi.

Shu bilan birga, fuqarolarga ushbu ta’sirni ixtiyoriy ravishda kompensatsiya qilish imkoniyati taqdim etiladi. Ya’ni, «yashil chipta» xarid qilish orqali ular tabiatga yetkazilgan zararni qoplashga hissa qo‘shishi mumkin.

Mazkur mexanizm nafaqat transport sohasida, balki ishlab chiqarish va logistika jarayonlarida ham qo‘llaniladi. Ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotlar uchun ham karbon izi hisoblanib, xaridorlarga uni kompensatsiya qilish imkoniyati beriladi.

Karbon izini hisoblash jarayoni Ekologiya qo‘mitasi tasdiqlagan qo‘llanma asosida avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Bu esa hisob-kitoblarning aniq va shaffof bo‘lishini ta’minlaydi.

«Yashil chipta»dan yig‘ilgan pullar nimalarga sarflanadi?

«Yashil chipta» orqali yig‘ilgan mablag‘lar davlatning maxsus ekologik jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘lar asosan daraxt ekish, ko‘chatlarni parvarishlash va ekologik muammolarni bartaraf etishga sarflanadi.

Teglar:

SEO title:

Meta description:

Teglar

Mavzuga oid