add

Yevropa Rossiyaning asosiy investitsiya fondiga to‘liq sanksiya joriy etdi

19.07.2025 | 10:0034564

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Vladimir Putin tashabbusi bilan tashkil etilgan eng yirik suveren investitsiya fondi — RFPIni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Endi ushbu fond va unga aloqador barcha tuzilmalar Yevroittifoq hududida faoliyat yurita olmaydi.

Yevropa Rossiyaning asosiy investitsiya fondiga to‘liq sanksiya joriy etdi
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalarning 18-paketi doirasida Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RFPI) va unga tegishli subfondlar, kompaniyalar hamda moliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarni «qora ro‘yxat»ga kiritdi. Bu haqda Yevropa Kengashi 18 iyul kuni e’lon qilgan bayonotda ma’lum qilindi. RFPI 2011 yilda Rossiya davlat xazinasi mablag‘lari hisobiga 10 mlrd dollar kapitali bilan tashkil etilgan va 2016 yilda rasman «suveren fond» maqomini olgan. Uning asosiy vazifasi — Rossiya iqtisodiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘lib, ayni paytgacha 40 mlrd dollar miqdorida investitsiya kiritilgani aytilgan. Fond «Magnit», «Fosagro», «Polyus» va «Lenta» kabi yirik kompaniyalar aksiyalariga sarmoya kiritgan. Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini kengaytirib, endi ushbu fond sarmoya kiritgan kompaniyalarga ham cheklovlar qo‘llash mexanizmlarini ishga tushirmoqda. RFPIning investitsiya portfeli umumiy hisobda 2 trln rublga yaqin ekani ma’lum qilingan. Bu cheklovlar Rossiyaning xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatini yanada cheklaydi. RFPIga 49 yoshli Kirill Dmitriyev rahbarlik qiladi. U prezident Putinga yaqin shaxs sifatida taniladi, chunki u Putinning qizi Yekaterina Tixonovaning yaqin dugonasi bilan turmush qurgan. Dmitriyev shuningdek, Donald Tramp ma’muriyati bilan muloqot qilish uchun joriy yil boshida Putin tomonidan maxsus guruhga ham kiritilgan edi. Sanksiyaning bu bosqichida 22 ta Rossiya banki, SWIFT tizimidan uzilgan moliyaviy tashkilotlar va Xitoy, Turkiya hamda Hongkongdagi ayrim sanksiyalarni aylanib o‘tishga yordam bergan kompaniyalar ham o‘z joyini topdi. Yevropaning tashqi siyosat rahbari Kaya Kallas ushbu paketni «urush boshidan beri eng kuchli sanksiya to‘plami» deb atadi.

Teglar

Mavzuga oid