Logo

Endi avtobusga chiqqan zahoti yo‘lkira haqini to‘lash shart bo‘ladi

Bugun 09:031 daqiqa

Yangi tartib 1-sentabrdan kuchga kiradi.

Endi avtobusga chiqqan zahoti yo‘lkira haqini to‘lash shart bo‘ladi © vaqt.uz

2026-yil 1-sentabrdan boshlab brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida to‘lov qoidalari qat’iylashadi.

Yangi tartibga ko‘ra yo‘lovchilar avtobusga chiqishi bilan yo‘lkira haqini to‘lashlari shart. Yo‘lkira haqi transport yoki ijtimoiy kartani validatorga tekkizish, shuningdek bank kartasi, smartfon va boshqa kontaksiz to‘lov vositalari orqali to‘lanadi.

Agar yo‘l haqi avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmasa (yoki imtiyozini tasdiqlatmagan), yo‘lovchi chiptasiz harakatlanayotgan deb hisoblanadi va bu jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda jamoat transportida yo‘lkira narxi 1000 so‘mga oshirilayotgani xabar qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid