Logo

O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llarini tashkil qilish tartibi belgilandi

Kecha 12:251 daqiqa

Qonunga muvofiq, pulli yo‘llar faqat hududlar o‘rtasida lozim darajadagi muqobil bepul avtomobil yo‘li mavjud bo‘lgan taqdirdagina tashkil etilishi mumkin.

O‘zbekistonda pulli avtomobil yo‘llarini tashkil qilish tartibi belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan yangi tahrirdagi «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi qonunda pulli avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish tartibi belgilandi.

Qonunga ko‘ra, pulli avtomobil yo‘llarini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror prezident yoki o‘z vakolatlari doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.

Bunda rejalashtirilayotgan pulli yo‘l bilan birga hududlar o‘rtasida lozim darajadagi va foydalanishga yaroqli muqobil bepul avtomobil yo‘li mavjud bo‘lishi shart.

Qanday to‘lov qilinadi?

Qonunga muvofiq, foydalanuvchi transport vositasida pulli yo‘ldan harakatlanish uchun quyidagi usullardan biri orqali operator bilan ommaviy shartnoma tuzadi:
 
▪️ pulli avtomobil yo‘liga kirish;
▪️ harakatlanish uchun to‘lovni to‘lov punktida to‘lash;
▪️ yo‘l talonini sotib olish.

Shuningdek, avtomobil yo‘lidan harakatlanish uchun to‘lov transport vositalarining yuqori tezlik rejimini va butun yo‘nalish bo‘ylab yuqori darajadagi servis xizmatini ta’minlash sharti bilan joriy etiladi.

Boshqa o‘zgarishlar

Qonunga ko‘ra, avtomobil yo‘llarini saqlash va ta’mirlash ishlari yo‘l egalari tomonidan, zaruratga qarab ixtisoslashtirilgan yo‘l tashkilotlari jalb qilingan holda amalga oshiriladi.

Yirik gabaritli va og‘ir vaznli transport vositalarining avtomobil yo‘llarida harakatlanishi esa faqat maxsus vakolatli organ yoki uning tizimidagi idoralar tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma asosida mumkin bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid