add

Zelenskiy bilan ko‘rishgan To‘qayev AQSH safari haqida Putinga gapirib berdi

26.09.2025 | 19:3016862

Endi Qozog‘iston prezidenti Rossiyaga boradi.

Zelenskiy bilan ko‘rishgan To‘qayev AQSH safari haqida Putinga gapirib berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali suhbatlashib, Qozog‘iston yetakchisining Rossiyaga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi. «Qozog‘iston Respublikasi prezidentining Rossiyaga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik doirasida Rossiya-Qozog‘iston strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi», - deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, suhbat davomida rahbarlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo va investitsiyaviy hamkorlikning ijobiy rivojlanish sur’atini mamnuniyat bilan qayd etishdi. Kremlga ko‘ra, Qosim-Jo‘mart To‘qayev Nyu-Yorkda o‘tkazilgan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi ishtiroki va bir qator xorijiy davlatlar rahbarlari bilan o‘tkazgan muloqotlaridan olgan taassurotlari bilan ham o‘rtoqlashgan.

Teglar

Mavzuga oid