
Zelenskiy: «Putin dunyo jim qarab turadimi, deb sinamoqda»
08.09.2025 | 09:3032713
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga ko‘ra, Rossiyaning so‘nggi hujumlari Putinning agressiyaga jim qarab turisharmikan, deb dunyo hamjamiyatini sinayotganini ko‘rsatmoqda.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘zining an’anaviy kechki видеомuрожаатиda Rossiya tomonidan so‘nggi kunlarda kuchaygan havodan hujumlarni keskin qoralab, bu urushni kengaytirishga qaratilgan navbatdagi qadam ekanini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa Kiyev, Sumi, Kremenchuk, Odessa, Dnipro, Zaporijjya va Kriviy Rig shaharlari Rossiyaning 800 dan ziyod birvarakayiga uchirilgan dronlari va raketalariga nishon bo‘lgan. Garchi dronlarning bir qismi urib tushirilgani iddao qilinayotgan bo‘lsa-da, nishonga borib yetganlari ham bor.
Kiyevda halok bo‘lganlar qidirilmoqda, chunki ko‘pincha qurbonlar vayronalar ostida qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Shahardagi bir necha binolar, jumladan Ukraina Hukumat uyi ham zararlangan. Zelenskiy ma’lum qilishicha, butun mamlakat bo‘ylab 40 dan ziyod odam jarohatlangan, shulardan 20 nafari Kiyevda.
Prezident Zelenskiy halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va aytilishicha, faqat Kiyevning o‘zida havodan himoya sirenasi 7,5 soat davom etgan.
Zelenskiy bu hujumlarga xalqaro hamjamiyatdan qay darajada keskin va aniq reaksiya kelishi juda muhim ekanini urg‘uladi. Uning fikricha, Putin dunyo agressiyani qabul qiladimi yoki unga qarshi kurashadimi — shuni sinamoqda. Shuning uchun sanksiyalar, savdo cheklovlari va Rossiyaga bog‘liq shaxslarga qarshi aniq choralar muhim, deydi Zelenskiy.
Shuningdek, u Rossiyadagi benzin tanqisligi va iqtisodiy muammolarni Kremlning tinchlik muzokaralaridan bosh tortishiga nisbatan mantiqiy javob deb atadi.





