
17 yoshli Aryan Asari Air India aviahalokatini tasvirga olgan yagona insonga aylandi
Ahmadobodda yuz bergan Air India halokati guvohi bo‘lgan 17 yoshli Aryan Asari bu dahshatli voqeani tasvirga olgan yagona insonga aylandi. Uning videosi hozirda halokat sabablarini o‘rganayotgan mutaxassislar uchun muhim dalilga aylangan.
Aryan bolaligidan havo kemalari — samolyotlarga qiziqib kelgan. Uchoqlarni suratga olish uning hobbisi edi. Otasining yangi samolyotlar uchib-qo‘nadgan yo‘lga yaqin joylashgani tufayli, u birinchi marta shaharga kelganida ushbu manzarani yaqindan kuzatish imkoniga ega bo‘ldi.
13 iyun kuni Aryan terrasada video olayotgan paytida uchayotgan Dreamliner 787-8 samolyoti uning ko‘z o‘ngida keskin pasayib, turarjoylar joylashgan mahallaga quladi. 241 yo‘lovchi va qariyb 30 nafar mahalliy fuqaro halok bo‘ldi.
«Men samolyotni ko‘rdim — u pastlay boshladi, so‘ngra yanada pastga tusha boshladi. So‘ng qaltirab, ko‘z o‘ngimda portladi», – deydi Aryan BBC Gujarati muxbiriga . Videoni u dastlab otasiga yuboradi, so‘ng qo‘rqqanidan do‘stlariga ham jo‘natadi. Buning ortidan u telefoniga olgan videotasvir butun dunyoda tarqaladi.
Keyingi kunlarda Asarilar xonadoni jurnalistlar va qo‘shnilar bilan to‘lib ketadi. Politsiya ham fojia guvohi sifatida Aryandan bayonot oldi, biroq ung ortiq hech narsa deyishmagan. Fojiaga guvoh bo‘lgan va kutilmagan mashhurlikdan yigitchada jiddiy shok belgilari kuzatilganidan so‘ng, ota-onasi uni qishloqqa qaytarib yuborgan.
Hozir yana u maktabga qatnay boshlagan, u tushirgan aviahalokat sahnalarini ko‘rib, juda tushkun holatda ham tushgan.





