add

«20 foizi ishsiz, 30 foizi oddiy mutaxassis» – «El yurt umidi» bitiruvchilarining ishga joylashishidagi statistika bo‘yicha izoh so‘raldi

28.11.2025 | 21:1227362 daqiqa

28-noyabr kuni Milliy matbuot markazida “El-yurt umidi” jamg‘armasi mas’ullari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Jamg‘arma e’lon qilayotgan stipendiyalar, ulardagi asosiy o‘zgarishlar masalasiga bag‘ishlangan tadbirda Vaqt.uz muxbiri tomonidan xorijda o‘qib qaytgan yoshlarning O‘zbekistonda ishga joylashishi masalasidagi statistika borasida savol bilan murojaat qilindi.



Jumladan, “Yaqinda jamg‘arma mas’ul xodimi Jasur Qaynarbekovning jamg‘arma bitiruvchilari bilan o‘tkazgan uchrashuvidagi audiosini eshitdim. Uchrashuvda bitiruvchilarning ishga joylashishidagi muammolar haqida so‘z boradi.

1

Masalan, unda aytilishicha, shu kunga qadar 500dan oshiq stipendiat jamg‘arma orqali ketib, o‘qishni bitirib kelgan. Ammo hozirda ulardan 20 foizdan oshig‘i ishsiz, 27-30 foizi yetakchi mutaxassis bo‘lib ishlayapti. 157 nafari ta’lim sohasida ishlayapti, lekin past lavozimlarda. Atigi 22 tasi milliy darajadagi tashkilotlarda ishlayapti. 30 dan oshig‘i boshqarma boshlig‘i yoki departament, yoki bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlamoqda ekan.

Xo‘sh, odamlar to‘layotgan milliardlab so‘m soliqlar hisobidan o‘qib kelayotgan yoshlarning ishga joylashishi, yaxshi lavozim egallashi nega bunchalik qiyin kechmoqda, muammo ularga e’tibor qaratmayotgan hukumatdami yoki bitiruvchilar bilimi hukumat talabiga javob bermayaptimi”, – deya savol bilan yuzlandi nashr muxbiri.

2

Qo‘yilgan savolga “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktorining birinchi o‘rinbosari Davron Abdurashidov javob berdi. Jumladan, u raqamlarga to‘liqroq yana aniqlik kiritilishi kerakligini ta’kidladi. 

“Bitiruvchilarning 20 foizi ishsiz degani bu uzun bo‘lgan bahs, fikr almashinuvlari edi. Raqamlarga aniqlik kiritamiz, lekin to‘g‘ri, jamg‘armaning avvalgi vaziyatida shunday bo‘lganki... 

Hozirgi kunda biz jamg‘arma bitiruvchilari, stipendiantlari bilan muntazam ravishda uchrashuvlar, aytaylik, test so‘rovlari o‘tkazib boryapmiz. Shunday, bitiruvchilar orasida o‘z ishidan qoniqmaslik, ishsiz bo‘lgan holatlar ham bor.  Lekin yangi jamg‘arma kadrlarni tayyorlash klasteri sifatida tashkil etilgani uchun biz ularning har birining monitoringni olib boryapmiz. Ularning har birini o‘ziga munosib ish joylari bilan ta’minlash bo‘yicha ham ishlar boryapti. 

3

To‘g‘ri, biz yangi jamg‘armamiz hamda bizdan talab qilinayotgan vazifa va masalalar juda ko‘p. Lekin ularni ish bilan ta’minlash asosiy e’tibor markazimizdagi ishlardan biri”, – Davron Abdurashidov. 

Avvalroq «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiantlarining Telegram guruhida o‘tkazilgan va jamg‘armaning raqamlashtirish hamda data analitika bo‘limi boshlig‘i Jasurbek Qaynarbekovga tegishli ekani aytilgan audio bo‘yicha xabar e’lon qilgan edik. Unda bitiruvchilarining ishga joylashishidagi statistika va boshqa muammolar haqida so‘z borgan.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 17

Barchasi

Mavzuga oid