
3-fevral kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Respublikaning aksar hududlarida kechasi yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li hududlarda esa qor ko‘chishi xavfi e’lon qilingan. Baʻzi joylarda tuman tushishi mumkin.
© Javhar Chorshanbiyeva O‘zgidromet 3-fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
3-fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+9 daraja iliq, kunduzi +13...+15 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechqurun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi -5...-10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +4...+9 daraja iliq, kunduzi +13...+18 daraja iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +4...+9 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +4...+9 daraja iliq, kunduzi +11...+16 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja iliq, kunduzi +15...+20 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +8...+13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida avo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.
2-3-fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.





