Abituriyentlar uchun kirish imtihonlarida topshiriladigan fanlar ro‘yxati tasdiqlandi
Bakalavriat uchun 227 yo‘nalish bo‘yicha abituriyentlar qaysi fanlardan test topshirishi yoki kasbiy-ijodiy imtihondan o‘tishi kerakligi aniq belgilandi.
© Foto: podrobno.uz2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy-ijodiy imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, ro‘yxat 227 ta yo‘nalishdan iborat. Ta’lim yo‘nalishlari nomi o‘zgarganda, shuningdek, yangi yo‘nalishlar tashkil etilganda ro‘yxatga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
To‘liq ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: Hujjatda ta’kidlanishicha, ta’lim yo‘nalishlari nomlari o‘zgarganda yoki yangi yo‘nalishlar tashkil etilganda, ro‘yxatga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.





