Aksiyalar pasaymoqda, neft – 98 dollar: Tramp AQSH qo‘shinlarini Yaqin Sharqda qoldirishni va’da qildi
Fors ko‘rfazidagi siyosiy noaniqliklar fonunda «Brent» va «WTI» nefti qimmatlab, global fond bozorlari pasayish qayd etdi.
© en.apa.azAQSH prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqdagi muzokaralar arafasida AQSH qo‘shinlarini Fors ko‘rfazida qoldirishni va’da qildi. Ikki tomon ham o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzganlikda bir-birini aybladi, shundan so‘ng Eron yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatini vaqtincha to‘xtatganini bildirdi. «Bloomberg» qayd etishicha, bu noaniqlik bozorlarga ta’sir qildi: neft narxlari yana ko‘tarildi, Yevropa va Osiyo aksiya bozorlari esa pasaydi.
Bozordagi narxlar
9-aprel kuni neft narxi (Brent) oldingi kungi keskin tushishdan so‘ng yana o‘sishni boshladi. Hozirda 3,39 foizga qimmatlab, barreli 98,2 dollardan savdo qilinmoqda. Shuningdek, AQSHning «WTI» nefti ham 3 foizga o‘sib, barreli 97,33 dollarni tashkil etmoqda.
Yevropa fond bozorlari 9-aprel kuni «qizil zona»da qoldi: umumevropa indeksi «STOXX 600» 0,54 foizga tushdi, «CAC 40» 0,56 foizga, «DAX» 1 foizdan ko‘proq pasaydi, «FTSE 100» esa 0,14foizga tushdi.
Osiyo bozorlarida ham shunga o‘xshash holat kuzatildi: «Nikkei 225» 0,7 foizga, «Kospi Composite» 1,61 foizga, «Hang Seng» 0,54 foizga pasaydi.
Oltinning spot narxi deyarli o‘zgarmadi – unsiyasi 4725,8 dollar atrofida bo‘lib, 0,14 foizga o‘sdi. Kumush esa 0,15 foizga tushib, 74 dollarni tashkil etdi.
AQSH qo‘shinlarini Yaqin Sharqda qoladi
8-aprel kechqurun Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir G‘olibaf AQSHni o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlikda aybladi – bu kelishuv tuzilganidan 24 soat ham o‘tmasdan sodir bo‘ldi, deb eslatadi «CNBC». Xususan, Tehronda Isroil tomonidan Livanga qilingan hujumlar davom etayotgani, Eron havo hududiga dron kirib kelgani va Vashingtonning Eronning uran boyitish huquqini rad etgani e’tiborga olindi. Donald Tramp bu bayonotlarga javoban, Fors ko‘rfazi mamlakatlariga so‘nggi oylarda joylashtirilgan AQSH harbiylari Tehron «real kelishuv» talablariga to‘liq amal qilmaguncha u yerda qolishini ma’lum qildi. U kelishuv buzilsa, AQSH tomonidan harbiy javob berilishini va bu javob «ilgari bo‘lganidan ham kengroq» bo‘lishini ogohlantirdi.
Biroq ritorikadagi kuchayishga qaramay, sulh asosan saqlanib qolayotgani belgilar ham bor, deb yozadi «Bloomberg». Bu Fors ko‘rfazi hududida Eron tomonidan hujumlar sezilarli darajada kamaygani bilan tasdiqlanadi: oxirgi jiddiy hujum 8-aprel kunduzi sodir bo‘lib, Saudiya Arabistonining g‘arbiy sohiliga neft tashiladigan asosiy quvurga qaratilgan edi.
Tahlilchilar nima deydi?
«Yaqin vaqtda Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatining sezilarli darajada tiklanishi ehtimoli juda past. Fyuchers bozori biroz beqaror ko‘rinadi», – deydi «Vanda Insights» tahlilik kompaniyasi hamraisi Vandana Hari.
Uning bahosiga ko‘ra, neft narxlaridagi tebranish davom etadi. Agar boshqacha bo‘lganda, narxlar sulhdan oldingi darajaga allaqachon qaytgan bo‘lar edi, deb ta’kidladi. AQSH va Eron o‘rtasidagi ikki haftalik kelishuvdan so‘ng «Brent» nefti narxi bir kunda 13,3 foizga, «WTI» esa 16,4 foizga tushib ketgan – bu deyarli so‘nggi olti yildagi eng katta bir kunlik pasayish bo‘lgan.
«Agar energiya ta’minoti qayta tiklansa ham, xavflar bir zumda yo‘qolib ketmaydi», – dedi «Wealth Club»ning investitsiya byicha strategi Suzanna Striter.
Uning ta’kidlashicha, tankerlar ehtimol mina qo‘yilgan suvlardan, kuchaytirilgan harbiy huzur sharoitida o‘tishiga to‘g‘ri keladi, bu esa sug‘urta to‘lovlari va fraxt qiymatining oshishiga olib keladi.





