add

Aprelda banklardagi muammoli kreditlar 0,6 foizga o‘sdi

29.05.2025 | 14:3012043

Mamlakatdagi banklar umumiy kredit portfeli oshganiga qaramay, ayrim xususiy banklarda muammoli kreditlar ulushi yuqori bo‘lib qolmoqda.

Aprelda banklardagi muammoli kreditlar 0,6 foizga o‘sdi
1 may holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bank tizimidagi muammoli kreditlar (NPL) umumiy hajmi 23,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu 1 aprelga nisbatan 0,6 foizga ko‘pdir. Biroq umumiy kreditlardagi NPL ulushi 4,3 foizdan 4,2 foizga kamaydi. Bu holat aprel oyida kredit portfelining 13,7 trln so‘mga o‘sgani bilan izohlandi. Hozirda umumiy portfel 565,5 trln so‘mni tashkil etmoqda. Muammoli kreditlarning asosiy qismi davlat ulushi mavjud banklarga to‘g‘ri kelmoqda. Ulardagi NPL hajmi 15,9 trln so‘m bo‘lib, bir oyda 0,8 foizga kamaydi. «O‘zmilliybank» 3,3 trln so‘m bilan yetakchilikni saqlab qolgan, ammo bankning umumiy kreditlaridagi muammoli qarz ulushi 3,2 foizdan 3 foizga tushdi. «Agrobank»da 2,8 trln so‘m (4,2%), «O‘zsanoatqurilishbank»da 2,7 trln so‘m (3,9%), «Asakabank»da 1,9 trln so‘m (4,8%) va «Biznesni rivojlantirish banki»da 1,8 trln so‘m (7,9%) muammoli kredit qayd etilgan. Xususiy banklarda esa kredit portfeli 176,5 trln so‘mga yetdi. Ularda NPL hajmi 7,6 trln so‘m bo‘lib, umumiy kreditlar ulushi 4,3 foizda qolmoqda. «Ipotekabank» 3,4 trln so‘m muammoli qarz bilan yetakchi hisoblanadi. Portfeldagi NPL ulushi 9,7 foizni tashkil qilgan. Eng yuqori muammoli kredit ulushiga ega xususiy banklar: – «Garant bank» – 22,4% (164 mlrd so‘m) – «AVO bank» – 12,7% (58 mlrd so‘m) – «Yangi bank» – 9,1% (10 mlrd so‘m) Ma’lumot uchun, NPL – bu to‘lov muddati 90 kundan oshgan va qaytarilmayotgan kreditlar hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid